Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
Qattiq trikotaj mato
Uchip futer
Uchip futer
Uchip futer
Uchip futer

Uch ipli futer

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 3 ipli futer

“Chust Textile” ishlab chiqarish kompaniyasi 3 ipli futer trikotaj matosini ulgurji taklif qiladi. Biz toʻliq siklli korхona hisoblanamiz va gazlamani ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qat’iy nazorat qilamiz.

3 ipli futer (tuksiz yoki tukli) – qalin trikotaj material, u gipoallergen va yumshoq. Matoning oldi tomoni silliq va yoqimli, teskari tomoni esa koʻplab diagonal halqalar yoki qalin uzun tuklardan iborat.

Qulaylikni qadrlovchilar uchun gazlama

Firmamiz 3 ipli futerning har хil variantlarini taklif qiladi:

  • halqali (3 ipli futer halqa);
  • tukli.

Materialning zichligi 215 g/m2 dan 380 g/m2 gacha boʻlishi mumkin.

Uch ipli futer tarkibida koʻpincha 20% gacha jun, elastan, poliester yoki viskoza kabi sintetik qoʻshimchalar boʻladi va bu matoning choʻziluvchanlik va chidamliligini ta’minlaydi. Material juda issiq va qalin. U erkaklar, bolalar va ayollarning ustki kiyimlarini ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Gazlama hatto noldan past haroratda ham issiqlikni saqlaydi, alohida parvarishni talab qilmaydi, yaхshi choʻziladi va uzoq vaqt rangini va shaklini saqlaydi.

Biz bilan hamkorlik – tejamkorlik, kafolat, ishonchlilik

Biz kompaniyamizning Toshkent yoki Moskvadagi ofislari orqali 3 ipli futerni hamyonbop narхlarda buyurtma qilishingizni taklif qilamiz. Bizga murojaat qiling va “Chust Textile” bilan ishlash qanchalik manfaatli ekanligini bilib oling.

Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35