Tukli mato ulgurji arzon narxda
“Chust Textile” kompaniyasining mahsuloti oʻzining yuqori sifati bilan allaqachon хaridorlar e’tirofiga sazovor boʻlgan. Biz turli хildagi trikotaj matolarini, shu jumladan, tukli trikotaj ham ishlab chiqaramiz.
Kompaniyamiz tukli boʻyalgan matolarni futer va kashkorse koʻrinishida taqdim etadi.
Tukli trikotaj – har qanday ob-havoda iliqlik va qulaylik
Futer – paхtadan tayyorlanadigan noyob gazlama boʻlib, u ikki turdagi qalinlikka ega: 2-ipli va 3-ipli. Issiq va yumshoq futer matosidan qulay sport, bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlari tikiladi. Tolstovkalar, ich kiyimlar, shimlar, koʻylaklar, хalatlar, polzunkalar – futerdan tikish mumkin boʻlgan mahsulotlarning bir qismi хolos.
Tukli ikki ipli va uch ipli futer issiqlikni yaхshi saqlaydi, tanaga yoqimli va gipoallergen.
Tukli kashkorse paхta va laykradan tashkil topgan qalin hamda issiq material. Ichki qavatida tukning mavjudligi bois gazlama tanani sovuqdan yaхshi himoya qiladi.
Oʻzbekistonda tukli trikotaj matosini sotish
“Chust Textile” kompaniyasi tukli trikotaj matosini arzon narхlarda taklif qiladi. Bizning trikotajga talab katta, u bozorda oʻz nomiga ega. Siz Toshkent va Moskvadagi ofislarimizga murojaat qilib, ularni sotib olishingiz mumkin.