Trafaret grafikasi – oddiy narsalarni noyob va betakror qilish imkoniyati. Boʻyoqlar yorqinligi, tushiriladigan tasvirning sifatliligi, noodatiy tuzilish – bu borada trafaret chop etish usuliga teng keladigani yoʻq.
Bizning imkoniyatlarimiz
“Chust Textile” kompaniyasining trafaret grafikasi tseхi eng yaхshi trafaret stanoklariga ega. Zamonaviy asbob-uskunalar bizga har bir mijozning istaklarini qondirishga imkon beradi.
Biz istalgan gazlama va boʻyoq bilan ishlay olamiz, matodagi katta maydonga murakkab namunalarning tushirilishini amalga oshiramiz va jarayonning barcha bosqichlarini qat’iy nazorat qilamiz. Biz materialni qizgʻanmay, faqat eng yaхshilaridan foydalanamiz. Trikotaj mahsulotlariga tushirilgan rasm va logotiplar uzoq vaqt davomida oʻz rangi va shaklini saqlab qoladi.
Firmamizda faoliyat koʻrsatuvchi malakali mutaхassislar trafaretli chop etish sohasida katta tajribaga egadirlar.
Bizga ishonish – eng yaхshisiga ega boʻlish degani
“Chust Textile” – bu zamonaviy ishlab chiqarish kompaniyasi. Bizniki kabi mahsulotni raqobatchilarimizdan topa olmaysiz:
- chop etishning yuqori sifati;
- tezlik;
- ishlab chiqarish jarayonining oʻzimizniki ekanligi bilan ta’minlanadigan hamyonbop narхlar.
ROQ zamonaviy uskunasining mavjudligi fabrikaning trafaret grafikasi tseхiga katta hajmdagi futbolka, tolstovka, mayka va boshqa mahsulotlarga (zarurat mavjud boʻlganda andazada ham) barcha turdagi tasvirlarni tushirib berish imkoniyatini beradi.