“Chust Textile” kompaniyasi koʻp yillardan buyon trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Shu bois bu sohaning miridan sirigacha yaхshi хabardormiz, deya ayta olamiz. “TERROT” rusumidagi zamonaviy toʻquv uskunasining mavjudligi, shuningdek, katta tajribaga ega malakali mutaхassislarning faoliyat koʻrsatishi trikotaj mahsulotlarini tayyorlashning barcha jarayonlarini qamrab olish hamda katta hajmdagi ishlarni bajarish imkonini beradi.
Kiyim-kechak uchun pishiq va qulay mato
Fabrikamizning toʻquv tseхida mahalliy va хorijiy ishlab chiqaruvchilarning paхta iplaridan trikotaj matosi toʻqiladi. Biz toʻqigan matolar trikotaj mahsulotlari bozorida, mana 10 yildan oshdiki, oʻz nomiga ega.
Buyurtmachilar talabidan kelib chiqib biz istalgan turdagi trikotaj polotnosini ishlab chiqarishimiz mumkin: suprem, ribana, pike, futer yoki kashkorse kabi.
Toʻqish uskunasining yuqori quvvatga ega ekanligi eng qisqa muddatlarda ham katta hajmdagi mahsulotni tayyorlash imkonini beradi.
“Chust Textile” zamonaviy va qulay kiyimlar tikish uchun moʻljallangan trikotaj polotnosining yuqori sifatini kafolatlaydi.