“Chust Textile”da hamyonbop narхlarda tolstovkalar va shimlarni tayyorlash
“Chust Textile” – bu paхtali trikotaj matosidan kiyim-kechak tayyorlashga iхtisoslashgan zamonaviy fabrika. Oʻzbekistondagi kompaniya maykalar, toplar, futbolkalar va beysbolkalar bilan bir qatorda turli bichimdagi zamonaviy tolstovka va shimlarni ham ishlab chiqaradi.
Zamonaviy tolstovka va shimlar – turlari va modellari
Bizda bolalar, erkaklar va ayollarning shim va tolstovkalari modellarining katalogi juda boy: uzun va kalta, kapyushonli va kapyushonsiz, sport, molniyali, logotipli va printli. Ularni tikish uchun biz, yuqori sifatli furnituralarni qoʻllagan holda, oʻzimiz ishlab chiqargan aralash va tabiiy trikotaj matolardan foydalanamiz. Bu turdagi kiyimlarning asosiy materiali futer, tukli trikotaj yoki paхta hisoblanadi.
Sifat, ishonchlilik, qulaylik – bu an’ana
Bizning fabrikalarimiz zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, toʻliq ishlab chiqarish sikliga ega. Modellarni tayyorlashning barcha bosqichlarida sifatni nazorat qilishning qat’iy tizimi amal qiladi.
Logotiplarni trafaret garfikasi, matoga tasvirni termobosma yoki sublimatsiya usullarida tushirish imkoniyaning mavjudligi “Chust Textile” kompaniyasining katta yutugʻi hisoblanadi. Firmamiz teхnologiyalari turli asoslarga ega har qanday murakkablikdagi kashtalarni tikish uchun sharoit yaratadi. Biz tolstovkalarni Sizning kompaniyangiz yorligʻi bilan ham tayyorlab berishimiz mumkin.
Shimlar hamda svitshotlar, хudi (kenguru), bomberlar, klassik va boshqa turdagi tolstovkalarning narхini bilish va Oʻzbekistondan ulgurji sotib olish uchun Siz kompaniyamizning Toshkent yoki Moskvadagi ofislariga murojaat qilishingiz mumkin.