Trikotaj mahsulotlarini uzluksiz va oʻz vaqtida ulgurji yetkazib berish tayyor mahsulotlar omborlarisiz imkonsizdir.
“Chust Textile” kompaniyasining Moskva, Toshkent va Chust shaharlarida shaхsiy omborlarining mavjudligi mijozga mahsulotni yetkazib berish jarayonini ancha yengillashtiradi. Firmamizning omborlar majmuasi tayyor trikotaj mahsulotlarini ularni iste’molchiga yuklab joʻnatishga qadar vaqtincha saqlab turish uchun moʻljallangan.
Ular toʻqimachilik mahsulotlarini saqlashning barcha talablariga javob beradi. “Chust Textile” kompaniyasining ombor binolari хavfsizlik tizimi, shuningdek, qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyalari bilan jihozlangan.