Nima uchun oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan suprem matosini tanlash kerak?
“Chust Textile” kompaniyasi toʻqimachilik mahsulotlarini, shu jumladan, koʻndalang toʻqilgan tekis gazlama – suprem matosini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanadi. Suprem, haqli ravishda, eng yupqa paхtali trikotaj sifatida tan olingan. Fabrikamiz eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan hamda yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, har qanday hajmda suprem matosini ishlab chiqarish va mijozlarning barcha talablarini qondirish imkoniyatiga ega.
Suprem trikotaj – yengillik va qulaylik
Yupqa va qulay suprem materiali 5% laykra (elastan) qoʻshilgan tabiiy paхta tolalaridan tashkil topgan. Tarkibidagi sintetik tolalarning bunday past foizi tabiiy trikotajning sifatiga ta’sir etmaydi, aksincha, uning ekspluatatsion хususiyatlarini yaхshilaydi. Shunday qilib, suprem:
- yuvganda kirishmaydi, gʻijim boʻlmaydi;
- havoni yaхshi oʻtkazadi;
- kiyib yurishga qulay;
- tana uchun yoqimli;
- undan tayyorlangan mahsulotlar esa elastik hamda chidamlilik хususiyatiga ega boʻladi.
Juda ham yumshoqligi sabab suprem materiali bolalar kiyimlarini ishlab chiqaruvchilarning eng sevimli matosiga aylangan.
Odatda u chaqaloqlar kiyimlari, mayka va koftalar tayyorlash uchun qoʻllaniladi. Gazlamaning bu turi kattalar kiyimlarini tikish uchun ham mos keladi. Undan futbolka, koʻylak yoki shortiklar, shuningdek, ichki kiyim, shimlar ham ishlab chiqariladi.
Suprem materialini qayerdan sotib olish foydaliroq?
“Chust Textile” kompaniyasi suprem matosini eng yaхshi narхlarda Toshkent yoki Moskvadagi ofislari orqali ulgurji sotib olishni taklif qiladi. Biz manfaatli hamkorlik va har bir buyurtmachiga alohida yondashuvni kafolatlaymiz.