Ishlab chiqaruvchidan rotatsion bosmali mato
“Chust Textile” kompaniyasi keng assortimentda boʻyalgan trikotaj matolarni, shu jumladan rotatsion bosmali matolarni ham ishlab chiqaradi.
Gazlamadagi rotatsion bosma tasvir – ranglar yorqinligi, hajmdorlik
Rotatsion bosma tasvir tushirish – bu oraliq bosma vallar orqali matoga tasvir tushirishning bir turi. Uning asosiy afzalliklaridan biri yuqori unumdorlik va ranglarning katta miqdorini ishlatish imkoniyati hisoblanadi.
Chop etish mashinalarining mavjudligi bois biz trikotaj gazlamalarning har хil turlariga istalgan murakkablikdagi sifatli tasvirlarni tushira olamiz. Bular quyidagi matolar:
- futer;
- interlok;
- suprem.
Rotatsion mashina yuqori chop etish tezligiga ega, shuning uchun ham u katta hajmdagi bosmali matolarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Tasvirlarni tushirishda faol va pigmentli boʻyoqlardan foydalaniladi.
Oʻzbekistonda rotatsion bosmali trikotaj ulgurji tarzda
Rotatsion bosmali matolarni Toshkent yoki Moskvadagi kompaniyamiz orqali ulgurji sotib olishni taklif qilamiz. Biz “Chust Textile”ning barcha trikotaj mahsulotlari boʻyicha yuqori sifat va past narхlarni kafolatlaymiz.