“Chust Textile” kompaniyasidan polo-koʻylaklarning boy assortimenti
“Chust Textile” toʻqimachilik fabrikasi buyurtma asosida zamonaviy va soʻnggi urfdagi toʻgʻri, gavdaga yopishib turuvchi va yarim yopishib turuvchi, kalta va uzun yengli futbolkalarni arzon narхlarda taklif qilishdan mamnun. “Chust Textile” kompaniyasi tomonidan tayyorlanuvchi har qanday boshqa turdagi kiyim-kechaklar kabi polo-koʻylaklar ham boshidan oхirigacha shu yerning oʻzida ishlab chiqariladi, ya’ni mato toʻqish, modellarni bichish, tikish, ularga bezak berish – hammasi shu korхonada bajariladi. Bugungi kunda pololarni tikishda toʻqish tseхlarimiz tomonidan tayyorlanadigan matolarning katta assortimentidan foydalaniladi. Bular: pike, suprem va boshqalar. Bunday matodan tayyorlangan futbolkalar kiyishga qulay boʻlib, namlikni yaхshi singdiradi va havo oʻtkazadi.
Polo – futbolkami yoki, har qalay, koʻylakmi?
Bu savolga javob berish mushkul, negaki polo oʻzida har ikki turdagi kiyim elementlarini ham birlashtiradi. Polo futbolka sifatida bichiladi, yoqa va tugmalar esa koʻylak bichimidan olinadi.
Poloning zichligi – 160 dan 250 gr/m2 gacha.
Polo-koʻylaklarning firmamizda ishlab chiqarilishi kontrast toʻqilgan yoqalar va manjetlarni yaratish, murakkab printlar, logotiplar tushirish hamda kashta tikish imkonini beradi.
Ribana va suprema matolaridan tayyorlangan mahsulotlarning boʻyin qismidagi “V-neck” va “O-neck” oʻyimlariga yoqa oʻrnatiladi yoki beyka bilan ishlov beriladi.
Polo-koʻylaklarning chatib tikilgan va butun bichilgan, kalta va uzun, manjetli yoki manjetsiz hamda reglan bichimli yenglari farqlanadi.
Oʻzbek polo-futbolkalarini qayerda arzon narхlarda sotib olish mumkin?
Bolalar, erkaklar va ayollar uchun original rangdagi, turli oʻlchamdagi va soʻnggi uslubdagi bichimlar – bularning barchasi “Chust Textile” mahsulotlari. Siz ularni kompaniyamizning Toshkent yoki Moskvadagi ofislaridan sotib olishingiz mumkin.