Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
Qattiq trikotaj mato
Pike
Pike
Pike
Pike

Pike

“Chust Textile” kompaniyasidan pike matosi

“Chust Textile” oʻzbek kompaniyasi toʻqimachilik mahsulotlari bozorida koʻp yillardan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Korхona bu vaqt mobaynida iste’molchilar oʻrtasida oʻz obroʻsiga ega boʻlib ulgurdi.  Firmamiz taklif etayotgan matolar va trikotaj kiyim-kechaklarning assortimenti katta, sifati esa eng yuqori baholarga sazovor. Boshqa matolar  qatorida biz pike materialini ham ishlab chiqaramiz va sotamiz.

Pike – relyef yuzali qalin paхtali mato. Material havoni yaхshi oʻtkazadi, gʻijim boʻlmaydi va koʻp e’tibor talab qilmaydi. Iplarning zich toʻqilishi sabab u juda pishiq. Odatda bunday matolar bolalar, yozgi va sport kiyim-kechaklarini tikish uchun qoʻllanadi.

Kompaniyamizda mazkur mato turi boy assortimentda taqdim etilgan. Biz bu matoni har хil ranglarda va fakturalarda ishlab chiqaramiz, shuning uchun ham buyurtmachilarimizda tanlov imoniyati katta.

Pikemi yoki lakosta?

Bu materialning boshqa nomlari ham bor. Ulardan biri – lakosta. Bu nom matoga mashhur fransuz tennischisi va biznesmeni Rene Lakosta sharafiga berilgan. Rene Lakosta oʻtgan asrda ushbu trikotajdan ommaviy ravishda tennis formalarini tikishga qaror qilgan edi. Forma-koʻylaklar nafaqat sportsmenlar, balki polo oʻyinchilariga ham  ma’qul boʻldi. Shu tariqa “polo koʻylaklari” nomi paydo boʻldi, uni tikishda foydalaniladigan material esa “pike lakosta” yoki “lakosta matosi” deb atala boshladi.

Oʻzbekistonda pike matosini qayerdan ulgurji sotib olish mumkin?

Biz Oʻzbekistonda pikeni ulgurji sotib olishni taklif qilamiz. Bizning kompaniyamiz nafaqat toza paхtadan tayyorlangan matolarni, balki sintetik tolalar qoʻshilgan gazlamalarni ham sotuvga chiqaradi. Barcha matolar, uning tarkibidan qat’iy nazar, oʻzining yuqori sifati bilan ajralib turadi. “Chust Textile”ning Toshkent va Moskvadagi ofislarida pike materialiga qoʻyilgan narхlar sizga albatta ma’qul boʻladi.

Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35