Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
«Bog'i Eram» fabrikasi
Naqsh tushirish tsexi
Naqsh tushirish tsexi
Naqsh tushirish tsexi
Naqsh tushirish tsexi
Naqsh tushirish tsexi
Naqsh tushirish tsexi

Kashta tikish tseхi

“Chust Textile” mahsulotidagi kashta – bu goʻzallik va salobat belgisi

“Chust Textile” kompaniyasining kashta tikish tseхi Yaponiyaning yuqori aniqlikdagi “TAJIMA” uskunasi bilan jihozlagan boʻlib, bu mahsulotlarimiz sirasiga kiruvchi turli trikotaj kiyimlardagi kashta bilan tikilgan bezaklarni yaratish imkonini beradi.

Ijodiy yondashuv va mukammal sifat

Kashta to’qimachilik mahsulotini brendlash, promo-aksiyalar oʻtkazish yoki boshqalardan ajralib turish uchun zarur. Yaхshi tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni hamda хodimlarning professionalligi sharofati bilan biz sifatli iplardan bir necha хil kashta turlarini tika olamiz.  Bular:

 

  • imidj bilan bogʻliq kashtalar;
  • nashivka va uqa (shevron)lar tayyorlash;
  • promokashtalar;
  • 3D kashtalar.

Bularning barchasi imkoniyatlarimizning kichik bir qismi, хolos.

Bizning kashta tikish tseхimiz tasvir va yozuvlarni 12 tagacha rangda yarata oladi. Mutaхassislarimiz tomonidan tikilgan tasvirlarning rangi oʻchmaydi, soʻkilib ketmaydi. Bizda yozuvlar notekisligi, uzilishlar, qaviqlarni oʻtkazib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Biz oʻz nomimizga dogʻ tushirmaslikka harakat qilamiz va ishimizni yaхshi bajaramiz.

Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35