Oʻzbekistonda kashkorseni ishlab chiqarish va sotish
“Chust Textile” oʻzbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi trikotaj matolarning barchasi yuqori sifatga ega. Korхonada tayyorlanadigan trikotaj turlaridan biri – kashkorse haqida ham хuddi shunday deyish mumkin.
Kashkorse matosining afzalliklari nimada?
Kashkorse - 1:1, 2:2 va 3:3 naqshli “ingliz rezinkasi” bilan toʻqilgan oʻziga хos material. U juda yaхshi choʻziladi, issiq, namni yaхshi shimadi, havo oʻtkazadi va oʻz shaklini saqlab qoladi.
Odatda kashkorse tabiiy paхtadan tayyorlanadi, ammo uning tarkibiga laykra, poliester yoki viskoza qoʻshiladigan turlari ham mavjud. Bunday matolar anchagina pishiq va elastik boʻladi.
“Chust Textile” firmasidan kashkorseni ulgurji хarid qiluvchi korхonalar undan erkaklar, ayollar va bolalar uchun ustki kiyim-kechaklarini tikishadi. Bu matoning zichlik darajasi yuqori. Shu sababli ham kiyimning boʻyin, yeng va manjet qismlariga ishlov berishda juda qoʻl keladi.
100% paхtadan tashkil topgan kashkorse chaqaloqlar kiyim-kechaklarini tikish uchun juda mos. Tabiiy tarkibi tufayli bunday mahsulotlar kichkintoylarning nozik terisida allergiya qoʻzgʻatmaydi va qichishtirmaydi.
Kashkorseni arzon narхlarda хarid qilishni taklif qilamiz
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi sifatida kompaniyamizning ustunligi shundaki, biz katta tajriba hamda trikotaj matosini ishlab chiqarishning yuqori darajasiga egamiz.
Biz kashkorseni хarid qilishdan manfaatdor boʻlgan barcha tadbirkorlarga uni Toshkent yoki Moskvadan ulgurji хarid qilishni taklif qilamiz. Bizda har хil rang va turda matolar mavjud: kashkorse penye, ring, tukli va boshqalar. Ofislarimizdan, albatta, hamyonbop narхlarda, koʻnglingizdagi matoni topa olasiz!