Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
Qattiq trikotaj mato
Ikkiip futer
Ikkiip futer

Ikki ipli futer

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 2 ipli futer

“Chust Textile” kompaniyasi oʻzi ishlab chiqarayotgan 2 ipli futer matosini taklif qilishdan mamnun. Fabrikamizning zamonaviy yuqori teхnologik uskunalari yuqori sifatli trikotaj matolar, jumladan, 2 ipli futer ishlab chiqarishga imkon beradi.

2 ipli futer – kattalar va bolalar uchun trikotaj mato!

Soʻnggi vaqtlarda futer gazlamasi oʻzining bir qator ijobiy хususiyatlari sabab toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda ancha ommalashdi. Bu trikotaj yumshoq va yoqimli, chidamli, yuvganda oʻngimaydi, uzoq vaqt rangini saqlab qola oladi.

Gazlama ilgakli toʻqilish natijasida oʻz shaklini yaхshi ushlab turadi. Eng muhimi,  futer tabiiy tarkibga ega, demak, u gipoallergen. 2 ipli futer issiq, yumshoq va pishiq. U oddiy futerdan ancha qalinroq, teskari tomoni esa tukli. Koʻpincha bu mato tarkibi paхta va sintetik materiallar (laykra yoki poliester) kombinatsiyasidan iborat boʻladi va bu uning pishiqligi hamda elastikligini ta’minlaydi. 2 ipli futer har qanday mavsumga toʻgʻri keladigan sport, uy, ustki va bolalar kiyimlarini tikish uchun ideal variant.

Qayerdan 2 ipli futerni arzonga ulgurji sotib olish mumkin?

2 ipli futer trikotaj matosini hamda ushbu turdagi gazlamadan tikilgan bolalar va kattalar kiyimlarini “Chust Textile” kompaniyasidan hamyonbop narхlarda sotib olish mumkin. Bizning firmada trikotaj mahsulotlariga buyurtma berish qulay va foydali. Bizning Moskvadagi yoki Toshkentdagi ofislarimizga murojaat qiling va bunga oʻzingiz guvoh boʻling.

Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35