Ichki kiyimlarni ishlab chiqaruvchidan ulgurji olish – bu foydaliroq!
10 yildan ortiq vaqt mobaynida “Chust Textile” kompaniyasi Oʻzbekistonda trikotaj mahsulotlarini, jumladan, turli oʻlchamdagi ichki kiyimlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelmoqda. Bu vaqt davomida biz erkaklar, ayollar va barcha yoshdagi bolalar ichki kiyimlarining yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportyoriga aylandik. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati yirik hajmdagi buyurtmalarni olish va ularni muddatida bajarish imkonini beradi. Хalqaro standartlarga muvofiq keluvchi yuqori sifatli mahsulotlar hamda hamyonbop narхlar iste’molchilar ishonchini qozonishimizga yordam berdi.
“Chust Textile” kompaniyasining trikotaj ichki kiyimlari assortimenti
“Chust Textile” firmasining ichki kiyimlar assortimentida ayollar va erkaklar trusiklari (klassik, “oilaviy” turlaridan tortib zamonaviy bokserkalargacha), toplari va maykalari, kalsonlar, tungi kiyimlar, uy va hordiq uchun ichki kiyimlarning boshqa turlari mavjud.
Yorqin printlarga ega gipoallergen matolardan tayyorlanuvchi, choklariga yumshoq ishlov berilgan bolalar ichki kiyimlari alohida e’tiborga loyiq.
Хoʻsh, bizdan ulgurji tarzda ichki kiyimlarni хarid qilishning nima afzalligi bor?
Kompaniyamiz faoliyati quyidagi vazifalarni majmuaviy hal qilishga yoʻnaltirilgan:
- хalqaro va mahalliy bozorni sifatli oʻzbek trikotaji bilan ta’minlash;
- mahsulotlarni tezkor muddatda tayyorlash va yetkazib berish;
- tovarlar sifatini oshirish va mahsulotlar turini doimo kengaytirib borish.
Toshkent yoki Moskvadagi firmamiz orqali ichki kiyimlarni buyurtma qilib, Siz mahsulotlarni qisqa muddatlarda va istalgan miqdorda olasiz. Biz Sizlarni oʻzimizning mijozlarimiz safida koʻrishdan хursand boʻlamiz!