Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
Futbolkalar
Bolalar futbolkalari
Bolalar futbolkalari
Kattalar uchun futbolkalar
Kattalar uchun futbolkalar
Qizlar uchun futbolkalar
Qizlar uchun futbolkalar
Ayollar va erkaklar futbolkalari
Ayollar va erkaklar futbolkalari
Bolalar uchun futbolkalar
Bolalar uchun futbolkalar
Qizlar uchun futbolkalar
Qizlar uchun futbolkalar
Erkaklar uchun futbolkalar
Erkaklar uchun futbolkalar

Futbolkalar

“Chust Textile”ning buyurtma asosida ishlab chiqarilgan trikotaj futbolkalari

“Chust Textile” kompaniyasi 10 yildan ortiqroq vaqt mobaynida buyurtma asosida zamonaviy futbolkalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelmoqda. Oʻz faoliyatimiz davomida biz mamlakat va хorij bozorlarini trikotaj mahsulotlari bilan ta’minlash hamda buyurtmachilar bilan iliq va ishonchli munosabatlar oʻrnatishga muvaffaq boʻldik.

Mahsulotlarning boy assortimenti va yuqori sifati, shuningdek, buyurtmalarning tez fursatlarda bajarilishi hatto eng talabchan mijozlarni ham qoniqtirishga qodir.

“Chust Textile” – mato toʻqishdan boshlab to tayyor mahsulotga bezak berishgacha boʻlgan trikotaj kiyim-kechaklarni ishlab chiqarishning toʻliq siklini amalga oshiruvchi fabrika.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan erkaklar va ayollar futbolkalari

Bugungi kunda biz Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan bolalar, sport, erkaklar va ayollar futbolkalarining modellarini tayyorlaymiz. Ular turli хususiyatlarga koʻra farqlanadi:

✓  Bichimiga koʻra: toʻgʻri, gavdaga yopishib turuvchi yoki yarim yopishib turuvchi, kalta yoki uzun yengli futbolkalar.

✓  Boʻyin qismining shakli va ishlov berish usuliga koʻra: “V-neck” va “O-neck”. Mahsulotlarning V- yoki O-shaklidagi oʻyiqlariga yoqa bilan ishlov beriladi yoki beyka bilan tekislanadi. Boʻyin qismiga ishlov berish uchun ribana yoki suprem kabi matolardan foydalaniladi. Mazkur matolarning toʻqilishi yoqaning oʻz shaklini yoʻqotmasligi va  choʻzilib ketmasligini ta’minlaydi. Ularning tolalari pishiq va chidamli. Bu esa boʻyin qismi uchun juda muhim.

✓ Yeng turiga koʻra: futbolkalarning yengi chatib tikilgan yoki butun bichilgan, kalta va uzun, manjetli yoki manjetsiz hamda reglan bichimli boʻlishi mumkin.

Mato fakturasiga koʻra:

  • suprem;
  • interlok;
  • ribana.

Zichlik darajasiga koʻra: futbolkalar matosining ishlab chiqarilish zichligi, ya’ni tikishda ishlatilgan matoning 1 kvadrat metri ogʻirligi 120 dan 220 g/m2 gacha boʻladi. Bu iste’molchiga uning barcha talablariga mos keladigan mahsulotni tanlash imkonini beradi.

Zamonaviy asbob-uskunalarni qoʻllagan holda biz futbolkalarga oʻyma andazalar vositasida tasvirlar tushira olamiz va har qanday murakkablikdagi kashtalarni tika olamiz. 

Oʻzbek futbolkalarini qayerda arzon narхlarda sotib olish mumkin?

Agar Sizni Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy futbolkalar, shuningdek, tolstovkalar, polo-futbolkalar, shimlar va boshqa mahsulotlar qiziqtirib qolgan boʻlsa, u holda Siz kompaniyamizning Toshkent yoki Moskvadagi ofislariga ularni ulgurji narхlarda va eng manfaatli shartlar asosda sotib olish uchun buyurtma berishingiz mumkin.

Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35