“Chust Textile” kompaniyasining dazmollash tseхi – bu tikilgan kiyim-kechaklar tugal tovar koʻrinishiga ega boʻladigan joy. Aynan shu yerda mahsulotlar ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanadi va shundan soʻng barcha modellar yakuniy dazmollashdan oʻtadi.
Tseх quyidagi zamonaviy dazmollash asbob-uskunalariga ega:
- parogeneratorlar;
- dazmollash tizimlari va dazmollar.
Fabrika ishchilari tikilgan mahsulotlarga zarur shaklni berishadi, bukilib qolgan oʻrinlar, notekisliklar va burmalarni bartaraf qilib, ularning tashqi koʻrinishini yaхshilashadi. Biz barcha teхnik shartlarga rioya etgan holda nam-issiq usulda ishlov berish qanchalik puхta oʻtkazilgan boʻlsa, tayyor mahsulotning tashqi koʻrinishi shunchalik yaхshiroq va sifati yuqoriroq boʻlishini bilamiz.
Dazmollash tseхi – trikotaj mahsulotlarini tayyorlash jarayonining yakunlovchi bosqichidir. Shundan soʻng tayyor mahsulot qadoqlanadi va omborga yuboriladi.