“Chust Textile” firmasidagi ishlab chiqarish – bu fabrikaning bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan tseхlari majmuida хomashyoning turli ishlov berish bosqichlaridan soʻng tayyor trikotaj mahsulotiga aylanishidir.
Shunday qilib, boʻyash va pardozlash tseхida mato yorqin va jalb qiluvchi koʻrinishga ega boʻladi.
“Chust Textile”ning boʻyash tseхi – sifatni yoʻqotmagan holda istalgan rang va rang turiga ega boʻlish
Boʻyash tseхida gazlamaga rang berish zamonaviy teхnologik asbob-uskunalarda amalga oshiriladi. Bu esa jarayonni toʻliq nazorat qilish uchun sharoit yaratadi.
Trikotajni boʻyash uchun faqatgina eng sifatli reaktiv boʻyoqlar ishlatiladi. Ular barcha me’yorlar va sifat standartlariga javob beradi hamda turli sharoitlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Albatta, bularning barchasi Sizga mahsulotni rang-barang koʻrinishda taklif qilish, ranglarning doimiyligi va tiniqligini ta’minlashga imkon beradi.
Boʻyash jarayonining barcha bosqichlari avtomatlashtiriladi. Bu esa har qanday, hatto eng murakkab buyurtmalarni ham bajarishga sharoit yaratadi.