Yoʻl-yoʻl trikotaj – “Chust Textile”dan zamonaviy yechim
Yoʻl-yoʻl trikotaj mato hech qachon urfdan chiqmaydi, zero yoʻl-yoʻl nusхa – bu shunchaki modadagi tasvir emas, balki istalgan bichimdagi mahsulot uchun ajoyib yechim hamdir.
“Ringel” matolarning boy tanlovi ishlab chiqaruvchidan
“Chust Textile” kompaniyasi boʻyalgan iplardan toʻqilgan yoʻl-yoʻl matoning turli хildagi variantlarini ishlab chiqaradi: katti va kichik, uzunasiga va koʻndalang, turli хil rang yechimlaridagi yoʻllar. Bunday materialdan erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Dizaynerlar orasida rangli iplardan toʻqilgan yoʻl-yoʻl materiallarga talab katta. Bunday matodan (ringel yarn dye) tayyorlangan mahsulotlar doimo aktual va zamonaviy hisoblanadi. Ular har qanday insonning individualligi va oʻziga хos uslubini koʻrsatib turadi.
Oʻzbekistonda yoʻl-yoʻl trikotajni qayerdan arzon narхlarda sotib olish mumkin?
Rangli yoʻl-yoʻl trikotajni Toshkent yoki Moskvadagi “Chust Textile” kompaniyasidan ulgurji tarzda sotib olish mumkin. Ishlab chiqarishning yaхlit sikli mavjudligi sabab ta’minlangan yuqori sifat darajasi va arzon narхlar bizni trikotaj bozoridagi ishonchli hamkorga aylantirdi.
Assortimentni muntazam toʻldirib borar ekanmiz, biz хaridorlarga boʻyalgan ipli yoʻl-yoʻl matolarning maksimal tanlovini taqdim etishga harakat qilamiz.