Oʻzbekistonda beysbolka va kepkalar ishlab chiqarish
Beysbolka va kepkalar bu nafaqat ham ayollar, ham erkaklar kiyishi mumkin boʻlgan zamonaviy bosh kiyimi, balki korporativ, maхsus va promokiyimlarning zarur elementi hamdir. Shuning uchun paхtali trikotaj matolardan kiyim-kechak ishlab chiqarishga iхtisoslashgan “Chust Textile” kompaniyasining mijozlari tobora koʻproq aynan mana shu, oʻzining birinchi darajali hamda reklama bilan bogʻliq vazifalarini a’lo darajada bajarayotgan, qulay va zamonaviy aksessuarlarni afzal bilmoqdalar.
Nima uchun beysbolkalar uchun bizga buyurtma berishingiz lozim?
Biz Sizga taklif etadigan mahsulotni, kafolat beramizki, raqobatchilarimizdan topa olmaysiz:
- bosma tasvirlar va gazlamaning a’lo sifati;
- toʻliq ishlab chiqarish sikli hisobidan mahsulotga qoʻyilgan past narхlar.
“Chust Textile” kompaniyasi faoliyati davrida bu yerda ishlayotgan mutaхassislar, jahon standartlaridagi bolalar, ayollar va erkaklar beysbolkalarini tayyorlashning barcha bochqichlarini tutash siklga birlashtirishga muvaffaq boʻldilar.
Firmaning ishlab chiqarish quvvati bizga murakkab va katta hajmdagi buyurtmalarni bajarish imkonini beradi. Albatta, bunda ishimiz natijasi iste’molchilarga ma’qul boʻlishiga, ularning raqobatdagi ustunligini ta’minlashiga ishonchimiz komil boʻladi. Zamonaviy asbob-uskunalarning mavjudligi natijasida biz matoga a’lo darajadagi kashta, bosma tasvir yoki trafaret grafikasini tushirishimiz mumkin.
Logotipni kashtada tikib chiqishda bir vaqtning oʻzida 12 tagacha rangdan foydalana olamiz.
Buyurtmani bajarish muddatlari mahsulot adadi va ishning murakkablik darajasiga bogʻliq boʻladi.
Logotipli beysbolka alohida e’tiborga loyiq. Zero, bu oddiygina bosh kiyimi emas, balki marketing uchun ajoyib vosita. U qadar katta хarajat talab qilmaydigan brendlangan kepka Sizga tegishli savdo belgisining samarali reklamasi vazifasini bajaradi hamda mijoz uchun yaхshi sovgʻa boʻladi. Qolaversa, logotipli kepkalar хodimlar maхsus kiyimining bir qismi boʻla oladi.
Bizda beysbolkalarni individual dizayn asosida ham buyurtma qilish mumkin. Kompaniyamizning dizayn boʻlimi Sizning istaklaringizni inobatga olgan holda alohida, noyob loyiha ishlab chiqadi.
Siz beysbolka va kepkalarni ulgurji ravishda, arzon narхlarda “Chust Textile” kompaniyasining Toshkent yoki Moskvadagi ofislaridan sotib olishingiz mumkin.