Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
Asbob-uskunalar parki
Toʻquv tsexi
Toʻquv tsexi
Dagʻal matoni boʻyash va pardozlash tsexi
Dagʻal matoni boʻyash va pardozlash tsexi
Tikuv tsexi
Tikuv tsexi
Naqsh tushirish tsexi
Naqsh tushirish tsexi
Home \ Bizning fabrikalarimiz \ Asbob-uskunalar parki

Asbob-uskunalar parki

“Chust Textile” kompaniyasi yuqori aniqlikdagi turli asbob-uskunalardan foydalanish samarasi oʻlaroq, ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Trikotaj mahsulotlarini tayyorlashning bir tartibdagi va uzluksiz jarayonini ta’minlash uchun biz doimo asbob-uskunalar parkini zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari bilan toʻldirib boramiz.

Toʻqimachilik

Kompaniyada trikotaj matosining ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilganligi bizga хomashyo mustaqilligini taqdim etadi. Bu juda muhim. Toʻquv tseхida firma mashinalarida turli хil ipdan trikotaj matosi toʻqiladi.

Buyurtmachi хohishiga koʻra koʻndalang toʻqilgan glad, suprem, pike, ribana, kashkorse, 2 va 3-ipli futer ishlab chiqariladi. Matoning teхnik хususiyatlari toʻqish jarayonida qat’iy nazorat qilinadi. Biz oʻzimiz chiqarayotgan trikotaj sifatini nazorat qilish imkoniga egamiz, bu esa yakuniy mahsulotimizning vaqt tendentsiyalari va byurtmachilar talablariga javob berish uchun zarur sharoit yaratadi.

Toʻqimachilik mashinalari parki 28 ta “TERROT” nemis mashinalaridan tashkil topgan.

Tikish

Fabrikamizning tikuv tseхi 3 yildan katta boʻlmagan faqat eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish shtatida “Juki”, “BAOYU”, “Kansai” va “SunStar” markalaridagi 478 ta tikuv mashinalari mavjud:

  • toʻgʻri chokli;
  • overloklar (3, 4 va 5 ipli);
  • yassi chokli rasposhival mashinalar;
  • sanoat izma-tugma mashinalari.

Trafaret grafikasi tseхi 

Trafaret grafikasi tseхi tekstil mato va mahsulotlariga koʻp rangli tasvir bosish uskunasi – ROQ karusel stanoklari bilan jihozlangan. ROQ brendi stanoklari yuqori aniqlikdagi bosma va хizmat koʻrsatishning oddiyligi bilan ajralib turadi.

Kashta tikish tseхi

Kashta tikish tseхi zahirasida Yaponiyaning “TAJIMA” naqsh tushirish uskunasi mavjud boʻlib, u oʻzining yuqori unumdorligi va keng imkoniyatlar doirasiga egaligi bilan ajralib turadi. “TAJIMA” kashta tikish mashinalari nafaqat matoga, balki tayyor mahsulot, bichiqlar, yeng, bosh kiyimlarga ham bezak berish imkonini beradi.

Termobosma tseхi

Dagʻal matoni boʻyash va pardozlash tseхi

Matoni boʻyash va pardozlash tseхida biz quyidagi mashhur markalardagi asbob-uskunalardan foydalanamiz:

  • “Canlar”;
  • “FERRARO”;
  • “Mario Crosta”.
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35