Trikotaj maxsulot ishlab chiqarish
Soʻngi yangiliklar
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
CAITME 2018
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Soʻngi yangiliklar \ Toʻqimachilik sanoati haftaligi – 2018

Toʻqimachilik sanoati haftaligi – 2018

photo_2018-09-07_08-48-54Bu haftada хodimlarimiz “O'zekspomarkaz” MKKda bir vaqtning oʻzida, ya’ni 2018-yil 5-sentyabr kuni boshlangan, ikki muhim tadbirga tashrif buyurishdi. Bular – “UzTextile Expo-2018”  va “CAITME-2018” koʻrgazmalari. Qoʻshma tadbir “Iteca Exhibitions” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.

Mazkur koʻrgazmalarda tikuvchilik va toʻqimachilik sanoati uchun zamonaviy asbob-uskunalar, paypoq mahsulotlari, kimyoviy moddalar, boʻyoqlar, aksessuarlar, turli хil tolalar, trikotaj polotno va  matolari hamda boshqa toʻqimachilik mahsulotlari namoyish etildi. Oʻz navbatida “Chust Textile” kompaniyasi rahbariyati ham хorijlik biznes hamkorlar bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi. Tadbir uch kun davom etdi.

 “UzTextile Expo-2018” koʻrgazmasida Хitoy, Hindiston, Oʻzbekiston, Belarus, Latviya, Shveysariya, Tojikiston va Turkiya mamlakatlari kompanyalari ishtirok etdi.  “CAITME-2018”da esa oʻz taqdimotini oʻtkazgan komaniyalar soni 21 taga yetgan.

 

Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bogtepa ko'chasi, # 35